Aldov tekshiruvi

Ish taklifi shubhali ko'rinyaptimi? 10 ta savolga javob bering, xavf darajasini va nima qilish kerakligini ko'rasiz.

  1. Ish boshlashdan oldin sizdan pul so'rashyaptimi (ro'yxatdan o'tish, hisobni faollashtirish, material yoki sertifikat uchun)?
  2. Sizdan SMS kod, karta kodi (CVV) yoki parolingiz so'ralyaptimi?
  3. Sizga ortiqcha pul o'tkazib, ortig'ini qaytarishni so'rashyaptimi?
  4. Kafolatli daromad yoki "kuniga ... topasiz" kabi va'da berilyaptimi?
  5. Asosiy ish yangi odamlarni taklif qilish yoki jalb qilishdan iboratmi?
  6. Taklif qimor, bukmekerlik, "signal" sotish yoki noma'lum pul o'tkazmalarini qabul qilishga o'xshaydimi?
  7. Sizni platformadan tashqariga o'tib, to'lovni ham tashqarida olishga undayaptimi?
  8. Shoshiltiryaptimi: "bugun qaror qiling", "hozir boshlang"?
  9. Ish beruvchi kimligini tekshirib bo'lmaydimi (nomi, sayti yoki aloqa ma'lumoti yo'q yoki shubhali)?
  10. "Test topshiriq" nomi bilan katta ishni bepul bajartirishyaptimi?

Bu tekshiruv oddiy qoidalarga asoslangan maslahat, rasmiy ekspertiza emas, natijasi noto'g'ri bo'lishi mumkin. Javoblaringiz faqat brauzeringizda hisoblanadi, hech qayerga yuborilmaydi va saqlanmaydi.